Сайтка кириу

Район ҳаққында

Chimboy tumani 1927 yili tashkil topgan bo’lib, tuman g’arb va janubdan Kegayli tumani, shimoldan Muynoq tumani, sharqdan Qorao’zak tumani bilan chegaradosh.

Maydoni 2.2 ming kv.km. Tumanda 1 shahar (Chimboy), 1 ta shaharcha, 11 ta mahalla va 11 ta ovul fuqarolar yig’ini (Tazajol, Kuksu, Baxitli, Qosterek, Tazg’ara, Qamisariq, Qiziluzyak, Kenes, Mayjap, Pashentov Taqjap,) bor. Markazi Chimboy shahri.

2015 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 109,5 ming kishini tashkil etadi. Shundan 53,8 ming kishi shaharda, 55,7 ming kishi qishloqda yashaydi.

Chimboy tumanidan Nukus shaxrigacha bo’lgan masofa 56 km.

Chimboy tumanida Sh. Musaev nomidagi “Qoraqalpoq dehqonchilik ilmiy-tadqiqot” instituti, 2 shirkat xo’jaliklari va 328 fermer xo’jaliklari joylashgan.

Chimboy tumani “Kegeyli” kanali qirg’og’i bo’ylab, Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy o’ng qirg’og’ida joylashgan.

Tuman iqlimi keskin o’zgaruvchan, yer osti suvlari yaqin, cho’l hududiga yotadi, yozi issiq, quruq, qishi qisqa, lekin sovuq keladi.